“Barselona”ning sobiq sport direktori “Arsenal”da ish boshlashi mumkin

2 apr 2019, 09:20
Andoni Subisarreta tez orada “Marsel” klubi sport direktorligidan ketishi kutilmoqda.

Ma'lum bo'lishicha, 57 yoshli menejer yaqinlariga marselliklar safini tark etishni xohlayotganini aytgan. U jamoada rivojlanish bo'lmayotganidan xafa. Agar Andoni klubni tark etsa, Londonning “Arsenal” klubida faoliyat olib borishi mumkin.

Avvalroq London klubini selekciya ishlari bo'yicha bo'lim boshlig'i Sven Mislintat tark etgandi.

Ma'lumot uchun, Subisarreta 5 yil mobaynida “Barselona” sport direktori (2010-2015 yillar) bo'lgandi. 2016-yil oktyabridan esa Fransiya chempionatida ishlab kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: L'Equipe