Subisarreta: "Agar Pedrining ismi Pedrino bo'lganida, u 50 mln evro turgan bo'lardi"

Alisher
11 fev 2021, 16:50
"Barselona" sobiq sport direktori Andoni Subisarreta jamoa xavbeki ispaniyalik Pedrining o'yinlaridan hayratda.

"Agar uning ismi Pedrino bo'lganida, u 50 million evro turgan bo'lardi. "Barselona" birinchi navbatda klubda kimlar borligiga qarashi kerak. Pedri - ajoyib futbochli", - deydi Subisarreta.

Eslatib o'tamiz, 18 yoshli ispaniyalik futbolchi "Barselona"ga o'tgan yozda "Las-Palmas"dan 5 million evro evaziga o'tgan edi.

Futbolchi joriy mavsum "Barselona" libosida La Liga doirasidagi 21ta o'yin (14tasida asosiy tarkibda)da maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Què t’hi jugues