"Barselona"ning sobiq futbolchisi "Lokomotiv"da (Moskva) ish boshlaydi
05 iyu 2020 01:30
Yangiliklar
"Barselona"ning sobiq futbolchisi "Lokomotiv"da (Moskva) ish boshlaydi
Rus sharhlovchisi Nobel Arustamyan "Barselona"ning sobiq yarim himoyachisi Xose Mariya Bakero "Lokomotiv" klubi boshqaruv tizimida ish boshlashi mumkinligi haqida malum qildi.
"Yaqin kelajakda klubda yangi funkcioner paydo bo'ladi — Xose Mariya Bakero, "Barsa" afsonasi. U Moskvaga ko'chib o'tishga yaqin: hozir shartnoma shartlari muhokama qilinmoqda.
Tez orada ispaniyalik mutaxassis "Lokomotiv" akademiyasi tizimiga kirishi va klubning texnik direktoriga aylanishi kutilmoqda. Aytishlaricha, Erik Abidal Moskvaga safari chog'ida "Loko" rahbarlariga Bakeroni tavsiya qilgan", — deyiladi xabarda.
Malumot uchun, Xose Mariya Bakero 1988-97 yillarda "Barselona"da to'p tepgan.
O’xshash yangiliklar
19:10
Ravshan Ahmedov: "Olimpik"ning barcha jabhalarda "Lokomotiv BFK"dan ustunligi ko'rinib turdi" 0
Fikrlar