"Barselona"ning o'yini Osiyoda bo'lishi mumkin

Mirjalol Normatov
23 noya 2018
"Barselona" hali ham milliy chempionat o'yinini Ispaniyadan tashqarida o'tkazish g'oyasini ilgari surmoqda.

Oldinroq kataloniyaliklarning "Jirona"ga qarshi o'yini AQSHda o'tishi borasida ma'lumotlar tarqagandi. "Barselona" endi o'z o'yinini Xitoyda o'tkazmoqchi.

"Bu mavsumda o'z maqsadlarimizni amalga oshirish qiyin bo'ladi. Biroq vaqti kelib, LaLigadagi o'yinimizni Xitoyda o'tkazmoqchimiz. Bu "Barselona" va LaLiganing ajoyib reklamasi bo'lardi", - dedi "Barselona" bosh menejeri.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Espana