Barselonaning ikkita jarohatlagan futbolchisi kelasi hafta qaytadi
23 apr 2023 09:56
Yangiliklar
Barselonaning ikkita jarohatlagan futbolchisi kelasi hafta qaytadi
Barselona bosh murabbiyi Xavi jarohati bor Usman Dembele va Andreas Kristensenning ahvoli haqida gapirdi.
«Dembele kelasi hafta o'ynashga tayyor bo'ladi. Andreas Kristensen ham jarohatdan qutildi»,-deb fikr bildirdi Xavi.
25 yoshli Dembele 1 fevraldan beri maydonga tushmayapti. Francuz jarohat sababli 15 o'yinni o'tkazib yubordi. U joriy mavsum «Barselona» safida 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 7 ta golga uzatmani amalga oshirdi.
Andreas Kristensen esa jarohat sababli so'nggi 12 ta uchrashuvda jamoasiga yordam bera olmadi. U Kataloniya klubida joriy mavsumda barcha musobaqalarda 25 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Fikrlar