So’nggi yangiliklar

01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  0 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  0 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  2 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  14 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0

La liganing yangi kubogi 28 oktyabrda Toshkentga olib kelinadi Yangiliklar

La liganing yangi kubogi 28 oktyabrda Toshkentga olib kelinadi

Teglar :  La ligaPFL
O'zbekiston Professional Futbol Ligasi Ispaniya La ligasining Osiyo miqiyosidagi eng yaqin hamkor ligasiga aylanib bormoqda.

O'zaro hamkorlik to'g'risida imzolangan memorandumga asosan har ikki tomon ko'plab loyiha, tadbir hamda o'rtoqlik uchrashuvlari, mahorat darslari o'tkazishga kelishib olishgan. SHu asnoda 28 oktyabr kuni yaqin o'tmishning mashxur hujumkor yarim himoyachilaridan biri, “Barselona”, “Atletiko Madrid”, “Liverpul” va Ispaniya terma jamoasi safida ko'rsatgan mazmunli o'yinlari bilan muxlislar olqishiga sazovor bo'lgan futbolchi, endilikdagi La liga elchisi – Luis Garsiya Toshkentga tashrif buyurishi hamda o'zbekistonlik yosh “charm to'p” ustalariga mahorat darslari o'tib berishi haqida oldinroq malum qilgan edik.

Luis Garsiya 28 oktyabr kuni “Milliy” stadionda tashkil etiladigan “Ommaviy El-Klassiko” tadbirida ishtirok etadi. La liga hamda PFL tomonidan ilk bora yurtimizda o'tkazilayotgan mazkur voqelikni yuqori saviyada tashkil qilishga katta tayyorgarlik olib borilmoqda.

Katta shou-koncerti, yulduzlar ishtirokidagi sovg'alar ulashish marosimi, ulkan ekranlardagi “El-Klassiko” tomoshasi bilan bir qatorda shu kuni “Milliy” stadionga tashrif buyuradigan muxlislar Ispaniya La ligasi chempioniga topshiriladigan maxsus kubokni yaqindan ko'rish hamda suratga tushish imkoniyatiga ega bo'lishadi.




Ispaniya La ligasi joriy mavsumdan boshlab mamlakat chempioniga ko'rinishi va dizaynini butkul o'zgargan yangicha kubokni topshirishni boshlaydi va quvonarli jihati shundaki, mavsum yakunida Ispaniya chempioniga taqdim etiladigan yangi kubokni o'zbekistonlik futbol ishqibozlari dunyo bo'yicha birinchilardan bo'lib ko'rish imkoniga ega bo'lishadi.

28 oktyabr kuni “Milliy” stadionda La liga elchisi –  Luis Garsiya hamda O'zbekiston Professional Futbol Ligasi elchisi – maftunkor SHahzoda ishtirokida o'tkaziladigan “Ommaviy El-Klassiko” tadbirida muxlislarni yana boshqa ko'plab syurprizlar kutadi. Tadbirning eng muhim qismida barcha birgalikda katta ekranlarda “Barselona” – “Real” uchrashuvini tomosha qilish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Barcha futbol ishqibozlarini 28 oktyabr kuni “Milliy” stadioniga chorlaymiz. Kirish chiptalarini “Milliy” stadion kassalaridan harid qilish mumkin bo'ladi.

“Milliy” stadionga keling va ajoyib futbol atmosferasidan bahramand bo'ling!

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика