"Barselona"da 6-raqamning yangi egasi malum
26 sen 2020 22:18
Yangiliklar
"Barselona"ning uch futbolchisi 2020/21 yilgi mavsum uchun o'zlariga raqam tanlashdi.

"Betis"da ijarada o'ynab qaytgan xavbek Karles Alenya obro'li 6-raqamni oldi. Ilgari bu raqam "Fulxem" yoki "Everton"ga o'tishi kutilayotgan Jan-Kler Todiboga tegishli edi.

Kataloniyaliklarning yangi futbolchisi Fransishku Trinkan 17-raqam ostida harakat qiladi. Bu raqam so'nggi mavsumda Antuan Grizmannga tegishli edi (hozir u 7-raqamni olgan).

"Barcelona" tarbiyalanuvchisi Pedri esa asosiy tarkibda 16-raqam ostida o'ynaydi. Oldingi mavsumda bu raqam Mussa Vagega tegishli edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Арсенал" - "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум
ЛА ЛИГА. "Барселона" ва "Овьедо" баҳси учун таркиблар маълум
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
"Вильярреал" - "Реал Мадрид". "Қироллик клуби" таркиби маълум
Fikrlar