"Barselona" yil davomida 304 million evro foyda ko'rganini elon qildi
29 sen 2023 00:13
Yangiliklar
"Barselona" yil davomida 304 million evro foyda ko'rganini elon qildi
“Barselona” moliyaviy yilni 300 million evrodan ortiq foyda bilan yakunladi.
Kataloniya klubi moliyaviy yil yakunida (2022/23 yilgi futbol mavsumi nazar tutilgan) soliqlarni to'lashdan keyingi sof foyda 304 million evroni tashkil etganini elon qildi, bu summa rahbariyat kutganidan ko'p bo'lgan.
"Barsa" umumiy daromad va xarajatlarni oshkor etmadi, biroq operacion daromad 1,259 milliard evroni, bu toifadagi xarajatlar esa 1,165 milliard evroni tashkil qilganini qayd etdi.
Klubning tijorat daromadi avvalgi davrga nisbatan 43 foizga oshib, 351 million evroni tashkil qildi. Homiylardan tushgan daromad deyarli 200 million evroga etdi.
Hisobot biznesning barcha yo'nalishlari bo'yicha o'sishni ko'rsatadi, klubning sof qarzi ketma-ket ikkinchi yil pasaygan.
Fikrlar