"Barselona" Xulian Alvaresni qo'ldan chiqargan
24 mar 15:13
Yangiliklar


"Barselona" Xulian Alvaresni qo'ldan chiqargan
"Barselona" 2021 yilda Xulian Alvaresni atigi 22 mln evro evaziga sotib olishi mumkin edi, biroq 60 mln evroga Ferran Torresni xarid qilishni tanlagan.
Bu haqda "Barca Universal" malum qildi.
Argentinalik futbolchi hali "River Pleyt"da o'ynab yurganida Kataloniya klubiga taklif qilingan. Klubning texnik kotibi Enco Francheskoli shaxsan forvardni qo'lga kiritishni maslahat bergan, biroq "Barsa" Torresga ishonch bildirishga qaror qilgan, bundan "Manchester Siti" foydalanib qolgan va bir yil o'tib Alvaresni sotib olgan.
Hozir 25 yoshli Alvares "Atletiko"ning asosiy o'yinchisi. U joriy mavsum La Liganing 28 uchrashuvida 11 ta gol urdi.
Hujumchi ayni paytda Argentina terma jamoasida va JCH-2026 saralashida Braziliyaga qarshi o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkin. "Albiseleste" Janubiy Amerika saralash jadvalida etakchilik qilmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar