"Barselona" Xolandni xarid qilishi uchun Rayolaning yana bir mijozi bilan shartnoma imzolashi kerak
04 mar 2022 15:37
Yangiliklar
"Barselona" Xolandni xarid qilishi uchun Rayolaning yana bir mijozi bilan shartnoma imzolashi kerak
"Barselona" rahbarlari bir necha bor Dortmundning "Borussiya" jamoasi hujumchisi Erling Xolandning agenti Mino Rayola bilan bir necha bor uchrashishdi.
Uchrashuvlardan malum bo'ldiki, 21 yoshli norvegiyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashi uchun Kataloniya klubi Rayolaning yana bir mijozini o'z safiga qo'shib olishi kerak - "Ayaks" himoyachisi Nussair Mazraui.
Qayd etish shkerakki, "Barselona" bosh murabbiyi Xavi hujumchi borasidagi ehtimoliy bitimni qo'llab-quvvatlamoqda.
Murabbiyning fikricha, klub uchun Xolandning transferi 2003 yilda PSJdan olingan Ronaldino kabi kuchli turtki bo'lishi mumkin.
Hujumchi joriy mavsum 20ta o'yinda maydonga tushib, 23ta gol va 6ta assist qayd etdi. Norvegiyalikning Dortmund klubi bilan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar