"Barselona" Xavini ishdan bo'shatadi
17 may 2024 12:59
Yangiliklar
"Barselona" Xavini ishdan bo'shatadi
Matbuotda "Barselona" nima uchun kutilmaganda Xavi Ernandesni bosh murabbiylikdan bo'shatishga qaror qilgani haqida malumot paydo bo'ldi.
Avvalroq ispaniyalik mutaxassisning ketishi yakshanba kuni bo'lib o'tadigan "Rayo Valekano"ga qarshi o'yindan so'ng malum qilingandi.
"Diario AS" xabariga ko'ra, "Barselona" prezidenti Joan Laporta so'nggi bir necha transfer oynalarida juda yaxshi o'yinchilarni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lganiga ishonmoqda. Laportaning so'zlariga ko'ra, Xavi doimiy ravishda transferlardan noligan va yangi kelganlardan to'g'ri foydalana olmagan. "Almeriya" bilan o'yin oldidan bo'lib o'tgan matbuot anjumanida Ernandes "Barselona"ning kelajagi haqidagi savolga pessimistik tarzda javob bergani ham Joanni g'azablantirgan.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" o'tgan mavsum Xavi boshchiligida La Ligada g'olib chiqqan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Реал Сосьедад"га мағлуб бўлди
ЕЧЛ. "Будё Глимт" ўз уйида "Манчестер Сити"ни ишончли тарзда мағлубиятга учратди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бор аламини "Монако"дан олди
Ҳусниддин Алиқулов учун мавсум якунланди. Футболчи Жаҳон чемпионатида иштирок эта олмайди
Fikrlar