“Barselona” Vidalni tekinga qo'yib yuboradi

Eldor Akmurzayev
3 sen 2020, 21:05
Chililik yarim himoyachi joriy transfer oynasida “Barsa”dan ketadi.

Kataloniyaliklar 33 yoshli futbolchi bilan shartnomani bekor qilib, uni tekinga qo'yib yubormoqchi.

Bitim bo'yicha Vidal yana bir yil jamoada qolishi mumkin, ammo rahbariyat uning ketishiga qarshi chiqmoqchi emas. “Ko'kanorranglilar” uni qo'yib yuborish orqali ma'lum miqdordagi mablag'ni tejab qolishi mumkin.

Arturo erkin agent sifatida "Inter"ga o'tishi kutilmoqda, avvalroq u "neradzurrilar" bilan 3 mln evrolik maosh bilan ikki yillik shartnoma imzolashga kelishib olgani aytilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Diario Sport