"Barselona" va "Tottenxem"ga "Napoli" etakchisi kerak
05 iyu 2021 18:40
Yangiliklar
"Barselona" va "Tottenxem"ga "Napoli" etakchisi kerak
Italiyaning "Napoli" klubi etakchisi Lorenco Insine Evro-2020'dan so'ng jamoasini o'zgartirishi mumkin.
Malumotlarga qaraganda, unga "Barselona" va "Tottenxem" jamoalari jiddiy tarzda qiziqmoqda. Jamoalar allaqachon futbolchining agenti bilan muzokaralarni boshlab yuborishgan.
Lorenco Insine o'tgan mavsumda Italiya A Seriyasida 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 19 ta gol va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning amaldagi jamoasi bilan 2022 yilga qadar shartnomasi bor.
Fikrlar