"Barselona" va "Tottenxem"ga "Napoli" yetakchisi kerak

Aslanov Jasurbek
5 iyul 2021, 18:40
Italiyaning "Napoli" klubi yetakchisi Lorenco Insine Evro-2020'dan so'ng jamoasini o'zgartirishi mumkin.

Ma'lumotlarga qaraganda, unga "Barselona" va "Tottenxem" jamoalari jiddiy tarzda qiziqmoqda. Jamoalar allaqachon futbolchining agenti bilan muzokaralarni boshlab yuborishgan.

Lorenco Insine o'tgan mavsumda Italiya A Seriyasida 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 19 ta  gol va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning amaldagi jamoasi bilan 2022 yilga qadar shartnomasi bor.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com