"Barselona" va "Manchester Siti" klublari "Inter" himoyachisiga davogarlik qilmoqda
20 jan 2020 00:59
Yangiliklar


"Barselona" va "Manchester Siti" klublari "Inter" himoyachisiga davogarlik qilmoqda
Milanning "Inter" klubi himoyachisi Alessandro Bastoni Italiyani tark etishi mumkin.
"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, "Manchester Siti" mutasaddilari himoyachini Joau Kanselu bilan almashtirish imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda. Ispaniyaning "Mundo Deportivo" nashri esa Bastoniga "Barselona" ham qiziqish bildirayotgani haqida yozdi. Ammo milanliklar futbolchini qo'yib yubormoqchi emas va ikkala taklif ham rad qilingan.
"Transfermarkt" portali malumotlariga qaraganda 20 yoshli futbolchining transfer bahosi 23 million evroga baholangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar