So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  17 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

"Barselona" taklifini rad qilgan futbolchilar Yangiliklar

"Barselona" taklifini rad qilgan futbolchilar

Bugun katalon jamoasi "sovchi"lariga salbiy javob qaytargan o'yinchilar haqida gaplashamiz.

Odatda katta byudjet va shonli o'tmishga ega bo'lgan grand klublarning istalgan futbolchi bilan shartnoma imzolash jarayoni oson kechadi. Bir necha kishigina "Real" yoki "Bavariya" taklifini rad qila oladi. "Barselona"ni ham shunday jamoalar safiga kiritishimiz mumkin. Kataloniyaliklar safiga qo'shilish orqali Messi bilan birga to'p tepish va kubok(lar) yutib olish imkoniyatiga ega bo'lasiz.

 Ammo so'nggi yillarda "Barsa" transfer rejalarining barchasini ham amalga oshira olmadi. Quyida turli sabablar bilan "Kamp Nou"da to'p tepish imkoniyatidan voz kechganlar haqida so'z yuritiladi.

Kevin Gameyro

"Sevilya" bilan muvaffaqiyatli mavsum, ELdagi g'alabadan so'ng (2016 yilning yozida) Kevin Gameyro Evropaning qator klublari, jumladan, "Barselona"ning ham short-listidan o'rin egalladi.

"Mening oldimda "Barselona" yoki "Atletiko" klublaridan birini tanlash imkoniyati bor edi. "Barsa"da nima qilishim mumkin? U erda Neymar, Messi va Suares bor. Bu o'yinchilar har bir bahsda o'ynashni, uchrashuvning so'nggi daqiqalarida ham maydonni takr etmaslikni xohlashini bilaman. Ibragimovich bilan ro'y bergan voqeani eslang", – izohladi forvard o'zining yakuniy qarorini "Le10 Sport"ga bergan intervyusida.

Yakunda Gameyro 30 million evro evaziga "Atletiko"ga ko'chib o'tdi, "Barselona" esa etiborini Pako Alkaserga ("Valensiya") qaratdi. Pakoga "Kamp Nou"da etarli o'yin amaliyoti berilmadi va Kevinning fikrlari o'z tasdig'ini topdi. Takidlash joizki, franciyalik futbolchi "Atletiko"da o'zidan kutilgan o'yinni namoyish qilolmadi va 2018 yilda "Valensiya"ga ko'chib o'tdi (16 mln evro).

Koke

2014 yil La Ligadagi g'alaba va ECHL finalidan keyin "Atletiko" asosiy yulduzlarini jamoada saqlab qolish uchun kurashishga majbur edi. Filipe Luis, Diego Kosta va ijaraga olingan Tibo Kurtua "CHelsi"ga, Joao Miranda "Inter"ga yo'l oldi. "Barselona"da Kokega nisbatan qiziqish uyg'ongan, katta ehtimol bilan ispaniyalik xavbek Xavining o'rnini egallashi kutilgan edi, ammo futbolchi "matraschilar" safida qolishni maqul ko'rdi.

"Barselona"dan voz kechish qiyin edi, ammo "Atletiko"da o'ynashda davom etmoqchiman. Hozir ketish payti emas. Bu er mening uyim, men o'zimga nisbatan ehtiyojni cezyapman. Qanday qilib klub eng yuqori cho'qqisiga chiqqan paytda "Atletiko"ni tark etishim mumkin? "Barselona"ning taklifi meni xursand qildi. Bu mening ishim qadrlanayotganidan dalolat beradi, ammo "Atletiko" – mening uyim", – degan edi futbolchi.

O'shandan beri Koke "Atletiko" bilan Evropa Ligasi va UEFA Superkubogida zafar quchdi.

Marko Asensio

Marko Asensio Zidanning "Real"dagi sevimli futbolchilaridan biri hisoblanadi, ammo u "Barselona"ni tanlaganida faoliyati boshqa yo'sinda davom etishi mumkin edi.

"Menda "Barselona" va boshqa grand klublarga o'tish imkoniyati bor edi, ammo "Real Madrid"ni tanladim. Jamoada uzoq vaqtdan beri o'ynab kelayotgan muhim o'yinchilar bor. Men ham asosiy tarkibdan o'rin egallamoqchiman. Endi hech qachon "Barselona" futbolkasida maydonga tusholmayman", – degandi xavbek.

Rafael Gerreyru

"Evro-2016"dagi tarixiy g'alabadan keyin "Loryan" himoyachisi Rafael Gerreyruda faoliyatini ispan grandida davom ettirish imkoniyati paydo bo'lgandi.

"Albatta, "Barselona" varianti juda yoqimli. Ammo menga "Borussiya Dortmund"ning taklifi ishonchliroqdek tuyuldi", – degandi futbolchi.

Gameyro kabi Gerreyru ham muntazam ravishda asosiy tarkibda o'ynash uchun "Barselona" taklifini rad qildi. Ortda qolgan vaqt ko'rsatdiki, u adashmagan. Portugaliyalik futbolchi hozir "Borussiya"ning asosiy futbolchilaridan biriga aylangan. Joriy mavsum 32 bahsda mayonga tushgan himoyachi 8 gol, 5ta asistga mualliflik qildi.

Maurisio Lemos

Bir necha  yil oldin "ko'k-anorranglilar" Maurisio Lemosaga shartnoma taklif qilishdi, ammo himoyachi o'zining o'sishi va o'yin amaliyoti uchun "Las-Palmas"da qolishga qaror qildi.

"Barselona" – dunyoning eng yaxshi klublaridan biri. Bu jamoa 20 yoshimda meni maydonga tushishrishi qiyin masala. Menimcha, "Las-Palmas"da qolish eng yaxshi qaror hisoblanadi. Futbolda hamma narsa sodir bo'lishi mumkin, siz hech qachon eng yaxshi darajaga chiqish uchun qancha vaqt kerakligini bilmaysiz", – degandi urugvaylik futbolchi "La Provincial" nashriga.

Lemos "Las-Palmas"da bir muddat o'ynagach, "Sassuolo"ga ijaraga berildi. Yozda Kanar orollariga qaytdi, hozir esa Segundada to'p tepyapti.

Tiago Silva

PSJning oxirgi 10 yillikdagi yutuqlari Tyago Silva nomi bilan bevosita bog'liq. Ammo u Parij klubiga kelmasligi ham mumkin edi. Qachonki, "Barselona" rahbariyati uning talablarini qondirganida.

"Menda "Barsa" bajara olmaydigan qator muhim talablar bor edi. Vaziyatni darhol angladim va klub prizedenti Sandro Rosell taklifini qabul qilmadim", – dedi braziliyalik himoyachi.

Ehtimol, Silva "Kamp Nou"dagi tarixiy mag'lubiyatdan (2017) keyin o'sha qarori uchun afsuslangandir.

Dario Srna

Agar yosh futbolchilar "Barselona" taklifini rad etishsa, ularni tushunish mumkin. O'yin amaliyotisiz qolib ketishdan qo'rqishi tabiiy. Klub tajribali, qariya futbolchilarga taklif jo'natsa, ko'pchilik darhol qabul qiladi. Biroq Dario Srna emas. Xorvatiyalik afsuonaviy himoyachi faoliyatining so'nggi yillarini "Kalyari"da o'tkazishni lozim ko'rgandi.

David Luis

2014 yilda PSJ Luis uchun 50 mln evro to'ladi. Braziliyalik himoyachining so'zlariga ko'ra, PSJ yagona davogar bo'lmagan.

"Haqiqatan ham "Barselona" men bilan shartnoma imzolashga bir necha bor urinib ko'rdi. Variantlar orasidan PSJni tanlashga qaror qildim", – degandi futbolchi.

Luis 2016 yilda Londonga qaytdi, "aristokratlar" bilan APL, Angliya kubogi va Evropa Ligasida zafar quchdi va 2019 yilda "Arsenal"ga ko'chib o'tdi.

"Barsa"ning taklifini rad qilgan yana kimlarni bilasiz?

Faxriddin Ro'ziev tayyorladi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика