So’nggi yangiliklar

23:05Моуринью: "Арбелоа энг севимли ўйинчиларимдан бири эди. Унга босим бегона"  0 22:35"Бунёдкор" назорат учрашувида Косово клубига мағлуб бўлди  0 22:27Эрон. "Трактор" ва "Истиқлол" ўз учрашувларида ғалаба қозонишди  0 21:41Эндрик: "Бу ҳали бошланиши"  0 21:22"Челси" қишдаёқ Стерлинг билан хайрлашишга қарор қилди  0 20:32Пьянич расман фаолиятини якунлади. У Қозоғистон клубига ўтмайди  2 19:53"Бухоро" Руминия жамоаси билан дурангга рози бўлди  2 19:32Ўзбекистон U-16 термаси "Бунёдкор" U-19 жамоасидан устун келди  3 19:13Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Хитойга етиб борди  9 18:58"Манчестер Юнайтед" футболчиси жароҳат сабаб 10 ҳафтани ўтказиб юборади  3 18:32Украина терма жамоаси ҳимоячиси: "Ҳусанов ҳақиқатан ҳам яхши сифатларга эга"  2 18:03Мудрик ушбу мавсум майдонга қайтмайди  0 17:33Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Вьетнамга имкониятни бой берди  3 17:08Арсен Венгер: "Мен Кэррикни табриклашим керак"  1 16:39"Ғазалкент" биринчи ғалабасига эришди  1

"Barselona" - "Real". Prevyu Yangiliklar

"Barselona" - "Real". Prevyu

Bugun tunda Kataloniyada Ispaniya kubogi yarim finali dastlabki uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Unda mamlakatning eng kuchli ikki klubi "Barselona" va "Real" to'qnash keladi.

"Barselona" — "Real"
Stadion: 
"Kamp Nou" (Barselona).
Bosh hakam: Mateu Laos.
Boshlanish vaqti: 01:00 (Toshkent)



"Real" ham, "Barselona" ham yarim finalda bir-birlariga to'qnash kelmaslikni istashgandi, ammo qura shunday tushdi. SHunday tig'iz grafik vaqtida kuchli raqibga qarshi o'ynashni hech kim xohlamaydi. Masalan, "Real"ni "Barselona"ga qarshi o'yindan so'ng "Atletiko" va "Ayaks"ga qarshi safardagi o'yinlar kutib turibdi. Kataloniyaliklar esa 19 fevraldan 2 martga qadar ketma-ket to'rtta (!) safardagi uchrashuvda ishtirok etishadi ("Lion", "Sevilya" va ikki marta "Real"). Hech kim havas qilmaydigan taqvim.

So'nggi "El Klasiko" "Real" uchun juda yomon tugagandi. Poytaxt klubi 1:5 hisobida taslim etilgan va bosh murabbiysiz qolgandi. O'shanda kataloniyaliklar safida Leo Messi maydonga tushmagan edi.

"Real"ning taxminiy tarkibi quyidagicha: Darvozani Keylor Navas qo'riqlaydi, qanotlarda Dani Karavxal va Marselo o'ynaydi. Markaziy himoyada Serxio Ramos va Varan tandemi harakat qiladi. Katta ehtimol bilan Toni Kroos maydonga tushadi va Dani Sebalos dam oladi. Yarim himoyada unga Modrich va Kazemiro yordam beradi.

Hujumda Benzema, o'ngda Vaskes o'ynashi aniq. CHapda Vinisius yoki Beyl o'ynashi mumkin. Aytgancha Vaskes haqida. Xayron qolmang, Solari taktikasida Lukas eng muhim futbolchi va bugun ilk daqiqalardan maydonga tushadi. Birinchi sabab — uning charchab qolmagani, ikkinchisi — himoyaga yordam bera olish imkoniyati. Lukas Xordi Albani zararsizlantirish borasida mahsus topshiriq oladi.

"Barselona"ning taxminiy tarkibi esa ko'p savollar tug'diradi. Valverde uchun asosiy muammolar Messining jarohati va Dembelening anginasi. Usmon bugun maydonga tushmasligi aniq, Leo borasida qaror bugun qabul qilinadi. Ernesto tavakkalga boradimi? Balki, etakchiga dam berib unga qo'shimcha xordiq olish imkoniyatni yaratib berar? Boshqa chiziqlarda muammo yo'q. Agar Messi o'ynamasa uning o'rniga kim tushadi? Bunday holatda hujumda Koutino-Suares-Alenya triosi harakat qilishi mumkin. Boateng va Malkom asosiy tarkib o'yinchilari emas.



Jamoalarning oxirgi o'yinlari:
25.10.18, La Liga, Barselona - Real 5:1
06.05.18, La Liga, Barselona — Real 2:2
23.12.17, La Liga, Real — Barselona 0:3
17.08.17, Ispaniya Superkubogi, Real - Barselona 2:0
13.08.17, Ispaniya Superkubogi, Barselona — Real 1:3

Taxminiy tarkiblar:

"Barselona": Ter SHtegen, Serxi Roberto, Lengle, Pike, Alba, Rakitich, Buskets, Artur, Alenya, Luis Suares, Koutino

"Real Madrid": Keylor Navas, Karvaxal, Varan, Ramos, Marselo, Kroos, Kazemiro, Modrich, Vaskes, Benzema, Vinisius.

Jarohat olganlar: Rafinya, Sillessen, Umtiti, Dembele — Valexo

So'roq ostida: Messi ("Barselona")

Qiziqarli faktlar:

- "Real" va "Barselona" oxirgi o'zaro 27ta o'yindan 24tasida 3tadan kam gol urishmagan.

- "Real" Ispaniya Kubogi doirasidagi 38ta o'yinning 34tasida yutqazmagan.

- "Real"ga qarshi oxirgi 3ta o'yinda "Barselona" kamida ikkitadan gol urgan.



Barcelona

Malcom - 57'

Copa del Rey . 1/2-tur

07/02/2019, 01:00

1
:
1
Tugadi

Real Madrid

Lucas Vazquez - 6'

Stadion: Camp Nou, 92008 tomoshabin

Bosh hakam: Antonio Mateu

45'
90'
43'  Nelson Semedo
56'  Luis Suarez
57'  Malcom
58'  Jordi Alba
63'  Ivan Rakitic (Arturo Vidal)
63'  Philippe Coutinho (Lionel Messi)
76'  Malcom (Carles Alena)
88'  Arturo Vidal
6'  Lucas Vazquez
6'  Karim Benzema
10'  Sergio Ramos
57'  Marcelo
63'  Marcos Llorente (Casemiro)
64'  Vinicius Junior (Gareth Bale)
84'  Lucas Vazquez (Marco Asensio)

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика