"Barselona" rahbari: "Dembele Neymardan kuchliroq"

Eldor Akmurzayev
5 iyul 2019, 22:30
Barselona prezidenti Xosep Bartomeu Neymarning Kataloniyaga qaytishi haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi.

Bilaman, Neymar PSJdan ketishni xohlamoqda. Lekin, bu haqda faqat matbuot orqali eshitmoqdaman. Shuningdek, PSJning u bilan xayrlashishni xohlamasligidan ham xabarim bor. Shunday ekan, bu savolni yopildi deb aytsak bo'ladi. Umuman olganda men Dembeleni Neymardan kuchliroq deb hisoblayman. Tarkibimizda u kabi yuqori saviyali futbolchining bo'lishi esa bizning omadimizdir, – deydi Bartomeu.

Qayd etish joizki, oldinroq Neymar ko'k-anorranglilar rahbari bilan transfer borasida kelishib olgani ma'lum qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: goal.com