OAV: "Neymar "Barselona" prezidenti bilan og'zaki kelishuvga erishdi"

30 iyun 2019, 20:25
PSJ forvardi Neymarning "Barselona"ga qaytish varianti saqlanib turibdi.

Muzokaralar juda tez o'tkazilmoqda va Diario Sport nashrining ma'lumotiga ko'ra, Kataloniya klubi Neymarning transferi borasida jiddiy shug'ullanmoqda. PSJ ham klubni tark etishni xohlayotgan brazidiyalikni sotishga tayyor. 

Manbaga ko'ra, "Barselona" prezidenti va Neymar o'rtasida futbolchining klubga qaytishi borasida og'zaki kelishuv bo'lgan.

Eslatib o'tamiz, PSJ 130g'150 million evro va ikki futbolchining evaziga Neymarni "Barselona"ga qo'yib yuborishi mumkinligi haqida aytilgandi. 


O'xshash yangiliklar


Manba: sport-english.com