"Barselona" qishda "Manchester Siti" himoyachisini sotib olishga urinib ko'radi

Mirjalol Normatov
2 noya 2020, 16:12
Yozda Garsiya kataloniyaliklar safiga tekinga qaytishi ham mumkin.

"Diario Sport" xabariga ko'ra, "Barselona" Erik Garsiya bilan shartnoma imzolashga urinib ko'radi. Garchi yozda 19 yoshli fullbek "Barselona"ga tekinga qaytishi mumkin bo'lsa-da, "Barsa" uni qishda sotib olishni istamoqda.

Taklif 8 mln evroni tashkil qiladi. Ushbu mavsumda juda ko'p gol o'tkazib yuborayotgani sababli Kuman yangi himoyachiga extiyoj sezmoqda.

Ushbu mavsumda Erik "Manchester Siti"ning 4 o'yinida qatnashdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Diario Sport