“Barselona” “Milan” yarim himoyachisi bilan muzokara o'tkazmoqda
26 jan 2022 09:45
Yangiliklar


“Barselona” “Milan” yarim himoyachisi bilan muzokara o'tkazmoqda
“Milan” azosi Frank Kessie faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin.
“Barselona” yarim himoya chizig'ini kuchaytirish maqsadida 25 yoshli futbolchini jamoaga olib kelmoqchi. Kessiening “rossonerilar” bilan shartnomasi yozda o'z nihoyasiga etadi. Hozircha tomonlar kelishuvga erishmagan va “Barsa” bundan foydalanib qolmoqchi.
Ivuarlik o'yinchi joriy mavsum A Seriyada 16 o'yinda qatnashib, beshta gol urdi. Avvalroq, unga "Liverpul", "Tottenxem", "Manchester Yunayted" va PSJ qiziqayotgani haqida xabar qilingandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar