"Barselona" Messining yangi shartnomasi sabab, yosh o'yinchisini sotib yubormoqchi
10 iyu 2021 23:57
Yangiliklar


"Barselona" Messining yangi shartnomasi sabab, yosh o'yinchisini sotib yubormoqchi
"Barselona" klubi yarim himoyachi Ilaysh Moriba shartnomasini uzaytirish borasida klub bilan kelishmagan.
"Marca" nashrining xabar berishicha, o'yinchi yangi shartnoma shartlarida unga sezilarli ravishda kam pul taklif qilinishi sezmoqda. Klubning asl maqsadi esa futbolchini sotib yuborib va undan tushgan mablag'larni klub etakchisi Lionel Messining yangi shartnomasiga yo'naltirishdan iborat.
Futbolchining o'zi esa "Barsa"da qolmoqchi. Agarda klub unga qoniqarli shartnoma taklif qilmasa, futbolchi keyingi yil klubni erkin agent sifatida tark etishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, Moriba o'tgan mavsum La Liga doirasida 14 o'yinda maydonga tushib. bir gol urishga erishgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar