"Barselona" Malkomning narxini aniqlab oldi

Mirjalol Normatov
18 iyul 2019, 23:28
"Barselona" rahbariyati hujumkor yarim himoyachi Malkomni yozgi transferlar oynasi vaqtida sotib yuborishni istamoqda.

AS xabariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" 22 yoshli braziliyalik futbolchini 60 million evroga baholashmoqda. Ayni damda unga "Arsenal", "Tottenxem" va "Everton" kabi klublardan qiziqishlar bo'lmoqda.

Malkomning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2023 yilga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS