"Barselona" La Liga mavsumi uchun 17 o'yinchini ro'yxatdan o'tkazdi. Ular orasida yangi o'yinchilar yo'q
12 avg 2022 13:10
Yangiliklar


"Barselona" La Liga mavsumi uchun 17 o'yinchini ro'yxatdan o'tkazdi. Ular orasida yangi o'yinchilar yo'q
"Barselona" La Liga 2022/23 yilgi mavsumi uchun 17 o'yinchini ro'yxatdan o'tkazdi.
Kataloniya klubi ro'yxatidan yangi o'yinchilar o'rin olmadi — himoyachilar Jyul Kunde, Andreas Kristensen, yarim himoyachilar Rafinya va Frank Kesse va hujumchi Robert Levandovski.
Qaydnomada shuningdek yangi shartnoma imzolangan o'yinchilar yo'q — himoyachi Serji Roberto va hujumchi Usmon Dembele.
SHu bilan birga, "ko'k-anorranglilar" uch o'yinchini raqamlarsiz ro'yxatdan o'tkazdi. Bu himoyachi Samuel Umtiti, yarim himoyachi Niko Gonsales va hujumchi Martin Breytueyt.
"Barselona" ertaga La Liga 1-turi doirasida "Rayo Valekano" bilan o'ynaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar