"Barselona" Koutinodan qutulmoqchi
03 noy 2021 22:21
Yangiliklar
"Barselona" Koutinodan qutulmoqchi
"Barselona" qishki transfer oynasida Filippe Koutinoni sotmoqchi.
Ronald Kuman "Barselona" bosh murabbiyligidan istefoga chiqarilgandan so'ng, braziliyalik futbolchi klubda qo'llab-quvvatlovchidan mahrum bo'ldi. "Ko'k-anorranglilar" boshqaruvidagilar Koutinoning o'yinidan norozi, ammo uning professionalligini yuqori baholaydilar.
"Barsa" Koutinoni qishda sotmoqchi. Klub buni mavsum so'nggida ham, o'tgan yozda ham xohlagandi, ammo yarim himoyachining transferi bo'yicha yaxshi takliflar bo'lmadi.
"Barselona" endilikda "Nyukasl"ning Koutinoga qiziqish bildirayotganiga umid qilmoqda. Qayd etilishicha, Kataloniya klubi Filippni sotib olish majburiyati bilan ijaraga berishga rozi.
Joriy mavsumda 29 yoshli futbolchi La Ligada 8 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar