

“Barselona” safarda ham “Valensiya”ni engib, 3:0 hisobidagi natija bilan kubok finaliga yo'l oldi.
Shu tariqa klub rekord qayd etdi. Ular ketma-ket 5-marta finalga chiqishdi.
Oxirgi 10 mavsum davomida bu final klub uchun 8-si bo'ladi. 2008/2009 mavsumiga qadar “Barselona” 10 mavsum davomida biror marta finalga chiqa olmagan.
Kubok finalida o'ynash borasida “Barselona” safida 40 ta o'yin bor, “Real”da esa 39 ta.



