"Barselona" iqtidorli hujumchisini yo'qotdi

Sherzod Nurmatov
25 fev 2023, 14:23
"Barselona" hujumchisi Ansu Fati ertalabki mashg'ulotda ishtirok etdi va bu jamoa uchun Yevropa Ligasidan chiqib ketganidan keyin birinchisi bo'ldi.

"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, 20 yoshli hujumchi uchun bu mashg'ulot chap tizzasidan jarohat olish bilan yakunlangan.

Ansu Fati 26 fevral kuni bo'lib o'tadigan "Almeriya"ga qarshi o'yinda ishtirok eta olmaydi. Biroq katta ehtimol bilan "Barselona" tarbiyalanuvchisiga jiddiy shikast etmagan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo