"Barselona" hujumchisi muvaffaqiyatli operaciya qilindi
19 sen 2017 17:59
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/278662_original.jpg)
![](/upload/storage/278662_220.jpg)
"Barselona" hujumchisi muvaffaqiyatli operaciya qilindi
"Barselona" hujumchisi Usmon Dembele muvaffaqiyatli operaciya qilindi.
Bu haqda Kataloniya klubi rasmiy sayti xabar berdi. Franciyalikning operaciyasi Finlyandiyada bo'lib o'tdi.
Dembele "Xetafe"ga qarshi LaLiganing 4-tur uchrashuvida jarohat olib, 29-daqiqada maydonni tark etgan edi. 20 yoshli franciyalik 3,5-4 oy maydonga tusha olmaydi.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" joriy mavsum oldidan Dembeleni Dortmundning "Borussiya" klubidan 105 mln. evroga sotib olgan edi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar