"Barselona" futbolchisi Xitoy klubiga o'tmoqda

Aslanov Jasurbek
13 yanv 2017, 14:21
"Barselona" yarim himoyachisi Arda Turan Xitoyning "Shanxay Shenxua" klubi bilan 3 yillik shartnoma tuzishga rozi bo'ldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, turkiyalik futbolchining yillik maoshi 20 mln. evro bo'ladi. 29 yoshli yarim himoyachi Xitoy klubiga o'tishga rozi bo'ldi, klublar esa hozirda transfer narxini kelishishmoqda.

Turan 2015 yilda "Atletiko"dan "Barselona"ga o'tgan edi. U joriy mavsumda 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 7 ta golli pas berdi. Arda va Kataloniya klubi o'rtasidagi bitim 2020 yilning yozida yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Fanatik