"Barselona" "Fiorentina" hujumchisiga qiziqish bildirmoqda

Aslanov Jasurbek
15 iyun 2017, 16:10
"Barselona" "Fiorentina" hujumchisi Federiko Bernardeskiga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi Italiya klubining shartnoma uzaytirish borasidagi taklifini rad etdi. Bernardeskining "Fiorentina" bilan kelishuvi 2019 yilning yozida yakuniga etadi. Uning bitimidagi badal puli 40 mln. evro.

Futbolchiga "Yuventus" va "Bavariya" ham qiziqish bildirmoqda.

So'nggi mavsum Bernardeski A Seriyaning 32 ta uchrashuvida maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 4 ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es