So’nggi yangiliklar

16:36Питер Одемвингие 2019 йил "Бунёдкор"га ўтиши мумкин эди  0 16:25Here we go! Мейсон Гринвуд - "Марсель" футболчиси!  3 16:04Про лига аъзоси "Дўстлик" назорат баҳсида Тожикистон клубини мағлуб этди  0 15:37"Сурхон" назорат баҳсида Тожикистон клубини мағлуб этди  6 15:16"Реал"дан навбатдаги юриш! Мадридликлар "Ливерпуль"дан Александер-Арнолдни олиб келишмоқчи  2 14:36Тезкор! "Реал"га ўтишни хоҳлаган футболчи МЮ билан шартнома тузади, у бугун Англияга учади  12 13:50Осимхен Саудияга боришни хоҳламади, у ПСЖга ўтмоқчи  1 13:21"Бунёдкор"да янги мураббий иш бошлади   3 13:03Transfermarkt: "Андижон" янги легионер билан йил охиригача шартнома тузди  2 12:43Англия ФА кутилмаган юриш қилмоқчи, Гвардиола инглизларни бошқариши мумкин  5 12:15Тьерри Анри, Маскерано, Кападзе... Олимпия ўйинларида ишлайдиган мураббийлар  5 11:54Расман: "Навбаҳор" Асадбек Собиржонов билан шартномани бекор қилди  6 11:27"Барселона"да мавсум бошланмай туриб иккинчи йўқотиш  5 10:56«Бухоро» Тожикистонда йиғин ўтказмоқда. Йиғинда «Андижон» ва «Локомотив» футболчилари ҳам бор  6 10:31Неймар 9 ойлик танаффусдан сўнг «Ал Ҳилол» машғулотларига қайтди  6

LaLiga. "Barselona"ning qulashi davom etadi, bu safar ular "Eybar"ga ochko ulashdi Yangiliklar

LaLiga. "Barselona"ning qulashi davom etadi, bu safar ular "Eybar"ga ochko ulashdi

Teglar :  Barselona"Eybar"
Ispaniya LaLigasining 16-turidan o'rin olgan "Barselona" - "Eybar" bahsi yakuniga etdi.

Barcelona

Ousmane Dembele - 67'

LaLiga . 16-tur

29/12/2020, 22:15

1
:
1
Tugadi

Eibar

Kike Garcia - 57'

Stadion: Camp Nou, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Javier Alberola

45'
90'
8'  Martin Braithwaite
25'  Martin Braithwaite
46'  Sergino Dest (Ousmane Dembele)
66'  Miralem Pjanic (Philippe Coutinho)
66'  Antoine Griezmann (Trincao)
67'  Ousmane Dembele
67'  Junior Firpo
82'  Clement Lenglet (Sergio Busquets)
89'  Pedri (Ricard Puig)
57'  Kike Garcia
73'  Kike Garcia (Yoshinori Muto)
73'  Esteban Burgos (Paulo Oliveira)
75'  Sergio Alvarez
81'  Damian Kadzior (Jose Recio)
83'  Jose Recio
90'  Pape Kouli Diop (Sergio Cubero)


"Barselona" – "Eybar" 1:1

"Kamp Nou"

Gollar: 0:1 – 57 Kike Garsiya, 1:1 – 67 Dembele.

"Barselona" – ter Stegen, Dest (Dembele, 46), Langle (Buskets, 82), Arauxo, Firpo, de Yong, Pyanich (Koutino, 66), Pedri (Puch, 89), Mingesa, Grizmann (Trinkau, 66), Breytueyt.

"Eybar" – Dmitrovich, Rafa Soaresh, Bigas, Burgos (Oliveyra, 73), Poso, Kondzer (Resio, 81), Inui, Eksposito, Diop, Alvares, Kike Garsiya (Muto, 73).

Ogohlantirishlar: Alvares (75), Resio (83).


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+1. TRINKAUUUU! Portugaliyalik futbolchi raqib jarima maydonchasidagi ikki futbolchini aldab, darvozaga zarba berdi, ammo biroz noaniq. Tribunadagi futbolchilar ham boshini ushlab qolishdi.

90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

85. KOUTINOOOOO! Braziliyalik yarim himoyachi Breytueytning ajoyib uzatmasini yaqin masofadan golga aylantira olmadi.

82. O'zgarish: Langle o'rniga Buskets maydonga tushdi.

81. Breytueyt jamoasining navbatdagi hujumini navbatdagi noaniq zarbasi bilan yakunladi.

71. Xavfli vaziyat! Dembele qanotdan uzatgan to'pini "Eybar" darvozaboni urib yubordi, ammo to'p uning yonidagi Breytueytga tegdi. Posbonning baxtiga to'p darvozaga bormadi.

67. GOOOOL! Dembele nihoyat maqsadiga erishdi. Firponing chap qanotdan uzatmasini Usmon golga aylantirdi. Xatto Messi ham tribunadan qarsak chalib qo'ydi.

66. O'zgarish: Pyanich o'rniga Koutino, Grizmann o'rniga Trinkau maydonga tushdi.

64. "Barselona" ko'plab hujumlar uyushtirmoqda, ammo ular zarba bilan yakun topmayapti, ammo "Eybar"da esa aksincha.

58. GOOOOL! "Sen urmasang, senga urishadi" maqoli ishga tushdi! Kike Garsiya "Barselona" himoyachisi Arauxoning xatosidan unumli foydalandi va Dembeledan farqli o'laroq birga-bir vaziyatni golga aylantirdi.

57. USMOOOON! Dembele raqib darvozaboni bilan birga-bir chiqib, uni enga olmadi. Posbon seyv ijro etdi.

53. Zarba... Grizmann 22-23 metr uzoqlikdan raqib darvozasining yaqin burchagini nishonga olishga urindi, ammo to'pni darvozabon egallab oldi.

50. ZARBAAA! Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Usmon Dembele Messi uslubida uzoq burchakka zarba berdi. To'p darvoza yonidan o'tib ketdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

TANAFFUS

45. Kataloniya klubi gol ura olmayotgani tufayli rejissyorlar gohida Messini namoyish etishmoqda. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

42. ZARBAAAA... Grizmanning raqib jarima maydonchasi chizig'i ustidan bergan zarbasi darvoza oldidan o'tib ketdi.

37. Endi VAR orqali Langlening "Barselona" jarima maydonchasi ichidagi harakatlariga baho berildi. Yo'q, hakam penalti belgilamadi.

35. Mehmonlar belgilangan nuqtadan darvozani nishonga olishga urinishdi, ammo Ter SHtegen to'pni qaytardi.

34. De Yong o'z jarima maydonchasiga yaqin hududda Kikega nisbatan qo'pol o'ynadi. Jarima zarbasi.

28. Kataloniya klubi tezkor qarshi hujum amalga oshirdi va to'p o'ng qanotdagi Destga uzatildi. Amerikalik yigitcha jarima maydonchasiga kirdi va fint ishlataman deb to'pni bosib oldi va to'psiz qoldi.

25. GOOOOL! Breytueyt baribir hisobni ochdi! Kataloniya klubining chap qanotdan amalga oshirgan hujumi Martinning goli bilan yakun topdi, ammo... VAR yana ishga kirishadigan ko'rinadi. Pas bo'lgan paytda Breytueyt ofsaydda turgandek ko'rindi. Gol hisobga olinmadi, ofsayd.

21. Destning qanotdan uzatgan to'pi raqib futbolchisining nozik joyiga tegdi. O'yin to'xtatildi. Hammasi joyida, futbolchi o'rnidan turdi.

18. O'yin tempi baland emas, kichik ustunlik Kataloniya klubi tomonida, ammo mezbonlar tuzukroq hujum tashkil qila olmayapti.

8. ZARBAAA! YO'O'Q! Martin 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantira olmadi. U tepgan to'p darvozaning yonidan o'tib ketdi.

7. "Eybar" jarima maydonchasidagi holat VAR yordamida o'rganib chiqildi va Arauxoga nisabatan qoida buzildi deb topildi. Endi Breytueyt penaltini amalga oshirishga tayyorgarlik ko'rmoqda.

4. Saytimizni kuzatib borayotgan o'quvchilar va "Barselona" ishqibozlari bugungi bahsda Messi yo'qligini payqashgani aniq. Argentinalik ayni damda o'yinni tribunadan kuzatmoqda.

1. Uchrashuv boshlandi.


Barselona – Eybar

"Kamp Nou"

Barselona – ter Stegen, Dest, Langle, Arauxo, Firpo, de Yong, Pyanich, Pedri, Mingesa, Grizmann, Breytueyt.

Eybar - Dmitrovich, Burgos, Bigas, Serxio, Diop, Ekpozito, Soaresh, Inui, Kike Garsiya Kadzior, Pozo.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика