"Barselona" Dembelening o'rniga boshqa futbolchi topdi
01 avg 2023 21:22
Yangiliklar
"Barselona" Dembelening o'rniga boshqa futbolchi topdi
"Bavariya" futbolchisi Leroy Sane "Barselona"ga o'tishi mumkin.
"Diario Sport" xabariga ko'ra, "Barselona" ushbu futbolchiga qiziqish bildirmoqda va ushbu mavsumda PSJga o'tishi kutilayotgan Usmon Dembelening o'rniga tarkibga olib kelmoqchi.
Biroq nemis matbuoti Sanening jamoadan ketish istagi yo'qligini malum qilyapti. U navbatdagi mavsumda jamoaning asosiy tarkibi uchun kurashmoqchi. Eslatib o'tamiz, Sane 2020 yili myunxenliklar tarkibini to'ldirgandi.
27 yoshli futbolchi o'tgan mavsumda jamoa tarkibida 32 o'yinda 8 gol va 7 assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar