"Barselona" "Bavariya" futbolchisini xarid qilmoqchi

Aslanov Jasurbek
31 yanv 2018, 12:34
"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde "Bavariya" himoyachisi David Alaba xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, Kataloniya klubi prezidenti Xosep Mariya Bartomeu Avstriya terma jamoasi futbolchisini xarid qilish uchun pul topmoqchi.

Alaba va nemis grandi o'rtasidagi bitim 2021 yilning yozida yakuniga etadi va "Barselona" uni sotib olishi qiyin bo'ladi. "Bavariya" boshqaruv qo'mitasi raisi Karl-Xayn Rummenigge Alaba transferga qo'yilmasligi haqida bir necha marta aytgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS