Barselona – Atletiko. Puyol xayrlashuv uchrashuvida o'ynamoqchi
03 may 2014 10:49
Yangiliklar
Barselona – Atletiko. Puyol xayrlashuv uchrashuvida o'ynamoqchi
Barselona sardori Karles Puyol Ispaniya chempionatining so'nggi turidan o'rin olgan Atlentikoga qarshi o'yinda maydonga tushmoqchi.
36 yoshli himoyachi hamon tizzasida og'riqlar sezmoqda va bugungi Xetafe bilan o'yin qaydnomasiga kiritilmadi.
38-turdan o'rin olgan Atletikoga qarshi o'yin so'nggi uy o'yini bo'ladi. Puyol so'nggi bor Kamp Nouda maydonga tushmoqchi. Futbolchi mavsum tugagach klubdan ketishini malum qilib bo'lgan.
U bilan gaplashdik. Karles so'nggi o'yinda tushishni juda istayapti, muxlislar bilan munosib xayrlashmoqchi. SHifokorlar qanday qarorga kelishlarini kutamiz, – deydi Xerardo Martino.

Fikrlar