"Barselona" "aristokratlar" hujumchisiga qiziqib qoldi
15 jan 2019 16:19
Yangiliklar
"Barselona" "aristokratlar" hujumchisiga qiziqib qoldi
"CHelsi" hujumchisi Olive Jiru faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.
RMC Sport nashrining malumotiga qaraganda, 32 yoshli futbolchi yanvarda hujum chizig'ini kuchaytirishni xohlayotgan "Barselona" safiga borib qo'shilishi mumkin. Jiru London klubiga o'tganidan beri 10ta gol urdi, holos. SHunday bo'lsa ham, kataloniyaliklar uning nomzodini ko'rib chiqishmoqda.
Franciyalik hujumchi o'tgan yili yanvarda "Arsenal"dan "CHelsi"ga o'tgandi. O'sha payt Jiruning transferi 17 million evroni tashkil etgan. Joriy mavsum APLda Olive Jiru 17ta uchrashuvda "CHelsi" libosida harakat qildi (oltita o'yinni asosiy tarkibda boshlagan) va 1ta gol urib, 4ta golli uzatma muallifiga aylandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar