"Barselona" Arauxo bilan shartnomani uzaytiradi

Sherzod Nurmatov
30 noya 2023, 14:45
"Ko'k-anorranglilar" Ronald Arauxoni qo'yib yubormoqchi emas.

Ispaniyaning "Barselona" klubi himoyachisi Ronald Arauxo bilan shartnomani uzaytirmoqchi, deya xabar berdi Fabricio Romano.

Xabar qilinishicha, "ko'k-anorranglilar" 24 yoshli urugvaylik futbolchiga yangi shartnoma taklif qilishga hozirlik ko'rmoqda va uni rasmiylashtirish Kataloniya klubining asosiy ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. 

"Bavariya" Arauxoga qiziqayotganiga qaramay, "Barselona" himoyachining transferi bo'yicha muzokaralarni hali boshlamadi.

Ronald Arauxo joriy mavsum "Barselona" safida 12 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano