"Barselona" abonementlar narxini 50%ga arzonlashtiradi
27 may 2023 01:17
Yangiliklar


"Barselona" abonementlar narxini 50%ga arzonlashtiradi
"Barselona" boshqa stadionga ko'chib o'tishi tufayli abonementlar narxini 50%ga arzonlashtiradi.
"Kamp Nou" arenasining rekonstrukciyasi yakuniga etguniga qadar "Barselona" futbolchilari Lyuis Kompanis nomidagi Olimpiya stadionida o'ynashadi.
Hozircha faqat 7 ming muxlis yangi arena uchun abonement olishini tasdiqlashdi.
"Barselona" yangi uy stadionining fan-sektoridagi joylar narxi 325dan 175 evroga, burchakdagi tribunalar 1002dan 500ga, darvoza ortidagilar 723dan 360ga, markaziy tribunalar 1738dan 870gacha pasaytiriladi.
Olimpiya stadionini hozirda 49 472 tomoshabinni o'z bag'riga sig'dira oladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar