"Barselona" 10 futbolchini transferga qo'yadi. Xo'sh, kimlarni?

Alisher
24 iyul 2020, 12:54
"Ko'k-anorranglilar"ning butun tarkibi klubdan ketishi mumkin.

"Barselona" ushbu yozda tarkibni jiddiy tarzda tozalashga kirishdi. Kataloniya klubi transferlar oynasida 10 nafar futbolchini sotib yubormoqchi. Bu haqda ispan matbuoti xabar tarqatmoqda.

"Barselona" Ivan Rakitich, Neto, Nelson Semedu, Samuel Umtiti, Xunior Firpo va Arturo Vidal borasidagi takliflarni ko'rib chiqadi. Shuningdek kataloniyaliklar tarkibini Martin Breytueyt, Karles Alenya, Rafinya Alkantara va Jan-Kler Todibo ham tark etishi mumkin.

Bundan tashqari, "Barselona" "Inter" forvardi Lautaro Martinesning transferi uchun tezroq pul topmoqchi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca