"Barsa" va "CHelsi" Komanga qiziqmoqda. Vinger "Bavariya" bilan maoshining 20 mln evrogacha ko'tarilishi borasida kelisha olmayapti
05 noy 2021 14:07
Yangiliklar
"Barsa" va "CHelsi" Komanga qiziqmoqda. Vinger "Bavariya" bilan maoshining 20 mln evrogacha ko'tarilishi borasida kelisha olmayapti
"Bavariya" yarim himoyachisi Kingsli Koman boshqa klubga o'tishi mumkin.
Ayni damda francuzning vakillari va klub 2023 yilda yakunlanadigan shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmayapti.
25 yoshli o'yinchi hozirgi 10 mln o'rniga 20 mln evro maosh olmoqchi. Myunxen klubi bunga rozi emas 13 mln taklif qilmoqda.
Komanning agenti o'yinchining shartnoma yakunlanganidan so'ng tekinga ketishini ko'rib chiqioqda. Vaziyatni "Barselona" va "CHelsi" kuzatmoqda.
Koman joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 5ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.
Fikrlar