"Barsa" Torres borasidagi bitimga Dembeleni qo'shmoqchi edi. "Man Siti" rad etdi, Pep ispanni qo'yib yubormoqchi emas
27 noy 2021 14:33
Yangiliklar
"Barsa" Torres borasidagi bitimga Dembeleni qo'shmoqchi edi. "Man Siti" rad etdi, Pep ispanni qo'yib yubormoqchi emas
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Ferran Torresga "Barselona" qiziqmoqda.
Kataloniya klubi La Ligaga qaytishni va katta klubning asosiy o'yinchisi bo'lishni xohlayotgan 21 yoshli ispaniyalik futbolchi bilan kelishuvga erishdi.
Ammo, "Barsa" endi "Man Siti"ni ko'ndirish uchun muzokara olib bormoqda.
Kataloniya klubi bitimga shartnomasi tugashiga 7 oy qolgan Usmon Dembeleni qo'shishni taklif qildi, ammo "Siti" rad javobini berdi.
Murabbiy Pep Gvardiola esa Torresni har qanday narxga ham qo'yib yubormoqchi emas, bu esa transferni qiyinlashtirmoqda.
Ferran Torres Gvardioladan o'zini "Barselona"ga qo'yib yuborishni so'radi
Fikrlar