"Barsa" Leo bilan kuchliroq. Yakuniy qarorni uning o'zi qabul qiladi"
16 jan 2021 23:34
Yangiliklar


"Barsa" Leo bilan kuchliroq. Yakuniy qarorni uning o'zi qabul qiladi"
"Oxirgi so'zni doim o'yinchining o'zi aytadi. Uning tanasi qanday reakciya berishini bilish uchun ertalabgacha kutishimiz kerak. Umid qilamanki, u ertaga maydonga tusha oladi.
Jamoa Leo bilan kuchliroq, bizga uning ijodkorligi va samaradorligi etishmayapti. Agar u ertaga o'ynamasa, o'z o'yinimizni namoyish qilishga harakat qilamiz. Barcha futbolchilar 100% tayyor bo'lishi kerak.
Oldinda yana ko'plab uchrashuvlar bor, bu mavsumning so'nggi o'yini emas. Xullas, yakuniy qarorni Messi qabul qiladi. Uning o'ynash yoki o'yinga tayyor emasligi ertaga ertalab oydinlashadi", – dedi niderlandiyalik mutaxassis.
Mamlakat superkubogi finali 17 yanvar oqshomida o'tkaziladi. Yakuniy bahsda "Barselona"ga Bilbaoning "Atletik" jamoasi raqiblik qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar