“Barsa” Frenki de Yongni “Man Siti” futbolchisiga almashmoqchi
08 may 2022 09:45
Yangiliklar
Manbaga ko'ra, “Barselona” yarim himoyachi Frenki de Yongni “Man Siti” azosi Bernardu Silvaga almashmoqchi. Kataloniyaliklar ustozi Xavi yarim himoya markazidagi raqobatni kuchaytirmoqchi, “shaharliklar” esa o'z navbatida Fernandino o'rnini bosuvchi futbolchini izlashmoqda.
De Yong joriy mavsum La Ligada 30 o'yinda qatnashib, 3+3 natijaga erishdi. Silva esa APLdagi 32 uchrashuvda 8 ta gol urdi va uchta assistni o'z hisobiga yozdirdi.
Niderlandiyalikning transfer narxi 70 mln evro, portugaliyalikniki esa 75 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar