Barezi ayni paytda dunyoning eng kuchli himoyachilari kimligini aytdi
01 avg 2020 01:26
Yangiliklar
Barezi ayni paytda dunyoning eng kuchli himoyachilari kimligini aytdi
1982 yilgi jahon chempionatida Italiya terma jamoasi safida jahon chempionligiga erishgan himoyachi Franko Barezi ayni paytda dunyoning eng yaxshi himoyachilari haqida gapirdi.
“Bitta futbolchini tanlash oson ish emas. O'ylashimcha, so'nggi yillarda Serxio Ramos ushbu chiziqda yaqqol etakchilik qilmoqda. U qo'lga kiritgan yutuq va sovrinlar ham futbolchining o'z poziciyasida tengsiz ekanliginidan darak beradi. Uning yoshlik davrlari ortda qolgan bo'lsada, hali hamon “Real” uchun muhim futbolchi.
So'ngra van Deykni etirof etgan bo'lardim. U o'zining salohiyati bilan “Liverpul”ning alishtirib bo'lmas futbolchisiga aylandi. U ishonchli harakatlari bilan ko'p yillar jamoasining g'alabalariga salmoqli hissa qo'sha olishiga ishonaman”, dedi Barezi.
Fikrlar