"Barchasi yolg'on", - Ikardi PSJni tark etishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi
28 may 2021 20:00
Yangiliklar
"Barchasi yolg'on", - Ikardi PSJni tark etishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi
Argentinalik hujumchi Instagram sahifasida o'z kelajagi to'g'risida yuborilgan savollarga javob berdi.
Matbuotda argentinalik forvardning parijliklar safini tark etishi borasida mish-mishlar paydo bo'ldi. Futbolchining o'zi barcha mish-mishlarni rad etdi va parijliklar safida o'ynashda davom etishini aytib o'tdi.
"Men haqimda juda ko'p yolg'on xabarlar bolaladi. Barchasi yolg'on. Men PSJda qolaman. Klub bilan uzoq muddatli shartnomam bor va kelajagim ushbu jamoa bilan bog'liq. Men PSJni va Parijni yaxshi ko'raman", — deb yozadi Ikardi.
Fikrlar