So’nggi yangiliklar

13:58"Бавария" уч нафар футболчиси билан хайрлашишга тайёр  1 13:37Ла Лига энг кўп маош олувчи футболчилар ТОП-10 — рўйхатда "Атлетико"дан битта футболчи бор  0 12:53"Бавария" ва "Ювентус" Англия термаси марказий ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи   0 12:32Миллатлар Лигаси доирасидаги баҳсда Бельгия Исроилни Венгрияда қабул қилади  3 11:56"Интер" "Зенит" ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 11:27Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон бугун Қирғиз Республикасига қарши кураш олиб боради  2 10:53МЮдан навбатдаги юриш. Инглизлар 90 миллион евролик трансферни амалга оширишга тайёр  10 10:25«Барселона» Дани Ольмо бўйича музокараларни бошлади. Каталонияликлар қанча таклиф қилгани маълум  9 09:57«Атлетико» икки нафар Европа чемпионлари билан шартнома тузмоқчи  0 09:28Месси ХХI асрнинг энг яхши спортчилар рейтингининг ТОП-3лигидан жой олди. Роналду эса…  27 09:00Слот «Ливерпуль» бошқарувидаги дебют ўйнида Чемпионшип вакилига мағлуб бўлди  2 08:31«Пахтакор»нинг яна бир футболчиси «Металлург»га ижарага берилди  2 08:05АПЛ. Ким энг кўп ойлик олади?  1 07:37«Манчестер Юнайтед» олти нафар футболчисини сотишга тайёр  4 02:35Тожикистон футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Бугун кучлироқ жамоа ғалаба қозонди"  1

Barchasi PSJ - "Real Madrid" to'qnashuvi haqida Yangiliklar

Barchasi PSJ - "Real Madrid" to'qnashuvi haqida

Teglar :  PSJReal Madrid
Bugun ECHL 1/8 javob uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

Tarix va faktlar: “Real” va PSJ

Evropa futbol grandlari o'rtasidagi bahs bugun “Park-de-Prens” stadionida bo'lib o'tadi. Dastlabki o'yinda “Real” o'z uyida anchagina ishonchli g'alabaga erishgandi. Lekin arab shayxlarining millionlarini ko'rdim demay sovurayotgan PSJ ham osonlikcha taslim bo'lmasligi turgan gap.

• “Real” “N” guruhida “Tottenxem”dan keyin ikkinchi o'rinni egallagan edi. Qiziq, o'tgan mavsumda ham madridliklar guruhda ikkinchi bo'lib, yakunda chempionlikni qo'lga kiritgandilar. PSJ esa boshlang'ich beshta turda g'alaba qozonib, “Bavariya”ga imkoniyat qoldirmadi va so'nggi turda germaniyaliklar o'zaro o'yinda g'alaba qozonganiga qaramay, francuzlarni birinchi pog'onadan tushirib yuborishning iloji bo'lmadi.

• “Real” so'nggi 7 mavsumkamida yarim finalgacha etib borgan. Parijliklar esa hali o'tgan yilgi Ispaniyada o'tgan dramatik o'yinni unutganlaricha yo'q. Unai Emeri jamoasiga “Barselona” “qaqshatqich” zarba berganini barcha yaxshi eslaydi. Aynan kataloniyaliklar Parij jamoasining evrokuboklardagi so'nggi ispan raqibi bo'lib turgandi. Endi mana “Real”.

Avvalgi uchrashuvlar

• “Real” va PSJ 2015/16 yilgi CHempionlar Ligasi guruh bosqichidan so'ng, hali uchrashmagan edi. Parijda 0:0 hisobdagi durrang natija qayd etilgan bo'lsa, Madridda mezbonlar 35-daqiqada Nacho tomonidan urilan gol evaziga g'alabaga erishganlar. Ispan klubi o'shanda francuzlarni ikki ochkoga ortda qoldirib, guruhda birinchi o'rinni egallagandi.

• 3 sentyabr 2015 yil “Santyago Bernabeu” stadionida jamoalar quyidagi tarkibda o'ynagan:

“Real”: Navas, Danilo, Ramos, Varan, Marselo (Nacho 33), Modrich, Kazemiro, Kroos, Xese (Vaskes 63), Ronaldu, Isko (Kovachich 82).

PSJ: Trapp, Ore, Tyago Silva, David Luis, Maksvell, Verratti (Rabo 17), Motta, Matyuydi (Lukas 75), Di Mariya, Ibragimovich, Kavani.

• PSJ klubi “Real”ni ketma-ket ikki yil evrokubokdan chiqarib yuborgan: 1992/93 yilgi UEFA Kubogi chorak finalida — (mehmonda 1:3, uyda 4:1) va 1993/94 yilgi Kubok egalari Kubogi chorak finalida (mehmonda 1:0, uyda 1:1).

• 3 marta 1994 yil birinchi raundda Djordj Vea goli hammasini hal qilib qo'ydi.Artur Jorj shogirdlari Visente del Boske boshliq madridliklarni kichik hisobda mag'lub etishgan. O'sha o'yin “qaymoqranglilar” uchun tarixdagi yagona mag'lubiyat bo'lib turibdi.

Qarama-qarshiliklar tarixi

“Real”
• “Real”ketma-ket 8-yil chorak finalga chiqish uchun yaxshi imkoniyatga ega. Madridliklarning 1/8 final bosqichidagi ko'rsatkichi: 8 g'alaba, 6 mag'lubiyat. Etiborlisi "Real" shu bosqichda olti marta ketma-ket mag'lub bo'lgan va musobaqani tark etishga majbur bo'lgan (2005 - 2010 yillar).

2017 yildagi jamoa
• O'tgan mavsum 1/8 final bosqichida “Real” har ikki o'yinda ham “Napoli”ni bir xil (3:1) hisobda mag'lub etgan. Bu yil ham dastlabki o'yin 3:1 hisobidagi g'alaba bilan yakunlandi, javob o'yini nima bo'lishini bugun tunda bilib olamiz.

• “Qirollik klubi”ning Franciya klublari bilan bo'lgan qarama-qarshiligida 10 o'yindan buyon mag'lubiyatga uchramayapti (7 g'alaba, 3 durrang). So'ngi bor madridliklar 2010 yilda 1/8 finalida safarda minimal hisobda “Lion”ga imkoniyatni boy bergan.

• “Real” francuzlarga qarshi oxirgi 6 o'yinda 13 bor raqib darvozasini nishonga olib, bor yo'g'i bir bor o'z darvozasidan to'p olib chiqqan.


Pari Sen-Jermen
• PSJ qatorasiga oltinchi bor 1/8 final bosqichida ishtirok etmoqda. Dastlabki to'rt urunishda jamoa keyingi bosqichga o'tgan. 2017 yilda esa mag'lubiyat alamini totib ko'rishgani ko'pchilikning yodida bo'lsa ajab emas.

• Bir yil avval PSJ “Park-de-Prens”da “Barselona”ni yirik 4:0 hisobida mag'lub etgan, ammo mehmonda 1:6 hisobida imkoniyatni boy bergan va musobaqani tark etgan. O'sha o'yinda golli pasdan tashqari dubl qayd etgan Neymar shubhasiz bosh rollardan birini o'ynagan. Bugungi kunda u “Pari Sen-Jermen” sharafini himoya qilmoqda, ammo bugungi o'yinda braziliyalik jamoasiga yordam bera olmaydi.

• Guruh bosqichi so'ngi turida “Bavariya”ga qarshi uchrashuvdagi mag'lubiyat (1:3) sabab PSJ guruhdagi barcha o'yinlarda zafar quchish imkonini bermadi. SHunday bo'lsa ham, parijliklar 25 bor gol urib, samaradorlik borasida rekord o'rnatishga muvaffaq bo'ldilar.

Murabbiylar va o'yinchilar o'rtasidagi bog'liqlik

• Zidan “Bordo”va“Yuventus” tarkibida 4 marotaba PSJ klubiga qarshi o'ynagan. Ushbu klubga qarshi bahslarda uning jamoasi ikki bor zafar quchgan, bir marta durrang natijaga erishgan va bir marotaba mag'lub bo'lgan.

• Emeri “Toledo” tarkibida ikki bor “Real” va “Kastilya” jamoalariga qarshi o'ynagan va ikkisida ham g'alaba qozongan. “Almeriya”, “Sevilya” va “Valensiya” murabbiyi sifatida 20 marotaba “Real”ga qarshi o'ynagan va bor yo'g'i 5 bor g'alaba qozongan (14ta mag'lubiyat va 1ta durrang). 2014 yilgi UEFA Superkubogida “Sevilya” jamoasi madridliklarga 0:2 hisob bilan engildi.   

•Anxel Di Mariya 2010 yildan 2015 yilga qadar “Real” tarkibida 124ta o'yinda ishtirok etib, 22ta gol urgan. 2014 yilda “Qirollik klubi” 10-marta CHempionlar Ligasi bosh sovriniga sazovor bo'lgan. Argentinalik esa o'sha “Atletiko”ga qarshi bo'lib o'tgan final o'yinida eng yaxshi o'yinchi deb elon qilingan.

• Dani Alves “Yuventus” tarkibida “Real”ga qarshi bahsda 1:4 hisobida mag'lubiyatga uchragan.

• Yulian Draksler “Volfsburg” tarkibida 2015/16 yilgi mavsum chorak final birinchi bahsida maydonga tushgan. O'yin 2:0 hisobida “Real” g'alabasi bilan yakunlangan.

• Rafael Varan “Lans” tarkibida debyut uchrashuvini safarda aynan PSJga qarshi o'tkazgan. 2011 yil yanvarda bo'lgan o'yinda uning jamoasi 1:5 hisobida mag'lubiyatga uchragan. Ikkinchi davra o'yinida Varan jamoasiga PSJ bilan bahsda munosib o'yin ko'rsatib, durrang (0:0) natijaga erishishda yordam bergan. 

• Karim Benzema “Lion” tarkibida PSJga qarshi 7ta o'yinda maydonga tushgan. Karim o'sha uchrashuvlarning 4tasida zafar quchgan, 2 bor durrang natijani qayd etib, 1 marotaba mag'lubiyatga uchragan. 2008 yil may oyida lionliklar Franciya Kubogida parijliklarni 1:0 hisobida engishga muvaffaq bo'lgan.  


Terma jamoadagi sheriklar:

Kazemiro, Marselo, Tyago Silva, Markinos, Dani Alves va Neymar (Braziliya)

Rafael Varan, Layven Kyurzava, Adrian Rabo, Kilian Mbappe va Lassana Diarra (Franciya)

Toni Kroos, Kevin Trapp va Yulian Draksler (Germaniya)


Birga o'ynaganlar:

Serxio Ramos va Dani Alves (“Sevilya” 2003-2005)


Franciyada o'ynaganlar:

Karim Benzema (“Lion” 2005-09)

Rafael Varan (“Lans” 2010/11)


Ispaniyada o'ynaganlar:

Yuri Berchiche (“Valyadolid” 2009/10, “Real Yunion” 2010-12, “Eybar” 2012-14, “Real Sosedad” 2014-17)

Neymar (“Barselona” 2013-17)

Alfons Areola (“Vilyareal” 2015/16)

Dani Alves (“Sevilya” 2002-08, “Barselona” 2008-16)

Tyago Motta (“Barselona” 2001-07, “Atletiko” 2007/08).



Nozima Zaripova tarjima qildi

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика