Bangladeshdagi legionerlarimiz taqdiri nima bo'ldi?
09 sen 2021 12:09
Yangiliklar
Bangladeshdagi legionerlarimiz taqdiri nima bo'ldi?
Avgust oyining oxirgi o'n kunligida Bangladesh chempionati o'z yakuniga etdi. SHundan so'ng shartnomasi yakunlangan o'yinchilarimiz o'z jamoalarini tark etgan.
Tajribali himoyachi SHukurali Po'latov “CHittagong Abaxani” bilan shartnomasi bekor qilgan. Bunga futbolchining jarohati borligi sabab qilib ko'rsatilgan. Sirojiddin Rahmatullaev ham “Saif”ni tark etgan. Qashqadaryolik yarim himoyachining shartnomasi yakunlangan.
“Navbahor”, “Buxoro” va “Andijon” jamoalaridagi o'yinlari bilan tanilgan Otabek Valijonov uchun mavsum omadli tarzda yakunlandi. U to'p surgan “SHeik Jamol” mavsumni yaxshi tugata oldi. Olgan malumotlarimizga qaraganda, Valijonov klub bilan amaldagi shartnomasini uzaytirish arafasida.
Evgeniy Kochnev va Saiddoston Fozilov “Baritxa Uttarad” bilan xayrlashishgan. Ildar Mamatkazin, Xolmurod Xolmurodov, Dilshod Nazirov va Islom Abduqodirov to'p surgan “Arambaxg” esa chempionatni tark etdi. “Brazers Yunion”da to'p surgan Furqat Hasanboevning ham klub shartnomasi yakunlangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar