O'zbekistonlik himoyachiga Indoneziya klubidan qiziqish bor
13 apr 16:02
Yangiliklar
O'zbekistonlik himoyachiga Indoneziya klubidan qiziqish bor
O'zbekistonlik himoyachi Boburbek Yo'ldoshev ayni paytda Bangladeshda faoliyat olib bormoqda.
Narzulla Saydullaevning xabariga ko'ra, "Bashundxara Kingz" klubi safida o'tgan mavsum Bangladesh chempioni bo'lgan Boburbek Yo'ldoshev faoliyatini boshqa mamlakatda davom ettirishga yaqin. Unga Indoneziya klubidan jiddiy qiziqish bor.
Ayni paytda "Bashundxara" 11 ta o'yindan 28 ochko to'plab musobaqa jadvalida peshqadam bo'lib turibdi. Bangladeshda chempionat may oyi oxirida o'z yakuniga etadi.
Fikrlar