Balotelli o'ziga yangi klub qidirmoqda
24 avg 2020 00:14
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/588474_original.jpg)
![](/upload/storage/588474_220.jpg)
Balotelli o'ziga yangi klub qidirmoqda
"Breshiya" forvardi Mario Balotelli tez orada jamoani tark etadi, deb xabar qildi Janluka Di Marcio.
Futbolchining agenti Mino Rayola mijoziga yangi klub qidirishni boshlab yuborgan.
Marioning "Breshiya" bilan yana 2 yilga mo'ljallangan shartnomasi bor. Ammo har ikki tomon hamkorlikning to'xtatilishidan manfaatdor. B Seriyaga tushib ketgan klub uchun Balotellining maoshini to'lab berish muammo tug'diradi. O'yinchining o'zi ham 2-divizionda o'ynashga qarshi. SHuningdek, u "Breshiya" xo'jayini Massimo CHellino bilan ham ziddiyatga borgan.
Balotelliga "Beshiktosh" jiddiy qiziqish bildirayotgani to'g'risida xabarlar tarqalgach, Rayola mijozi uchun Italiyadan bir nechta takliflar borligini malum qilgandi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar