Balotelli “Lacio” muxlislariga: “SHarmanda va uyat sizlarga”
05 jan 2020 21:50
Yangiliklar


Balotelli “Lacio” muxlislariga: “SHarmanda va uyat sizlarga”
“Breshiya” forvardi Mario Balotelli yana irqchilik qurboniga aylandi.
A Seriyaning 18-turi doirasida bo'lib o'tgan “Lacio”ga (1:2) qarshi bahsda mehmon jamoa muxlislari o'zini yomon tutib, Balotelliga qarata irqchilik ohangidagi so'zlarni ishlatishgan. Uchrashuv hakami esa ishqibozlar biroz tin olishi uchun 1 taymda o'yinni to'xtatishga majbur bo'ldi.
“Bu juda ham og'ir mag'lubiyat ammo biz yanada kuchayamiz va to'g'ri yo'ldan ketmoqdamiz. Bugun stadionga kelgan “Lacio” muxlislariga murojaatim esa sharmanda va uyat sizlarga”, – deya instagram'dagi rasmiy sahifasiga videopost joylagan Mario.
Avval ham 29 yoshli futbolchi bilan bu kabi noxush holat ro'y bergandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar