Bakari Sanya faoliyatini Franciyada davom ettirishi mumkin
26 jan 2020 11:11
Yangiliklar
Bakari Sanya faoliyatini Franciyada davom ettirishi mumkin
Franciya terma jamoasining sobiq himoyachisi Bakari Sanya hozir erkin agent maqomida bo'lib turibdi.
Uning so'nggi klubi Kanadaning "Monreal Impekt" maoasi bo'lgandi. Futbolchi Franciyaga qaytib, "Nant" bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.
"Kelajakda meni nima kutayotganini bilmayman. Albatta, "Nant" bilan aloqada bo'lib turibmiz. Bu vaziyatda qaror qabul qilishni agentimga qoldirdim. Baribir, o'ynashni xohlayman...", - dedi Sanya.
Eslatib o'tamiz, Bakari Sanya faoliyati davomida "Oser" (2004-2007), "Arsenal" (2007-2014), "Manchester Siti" (2012-2017) va "Benevento" (2018) klublarida ham to'p tepgan.
Fikrlar